Sobiq TAPOiCh bir qismi biznes-aviatsiya aeroportini tashkil qilish uchun topshirildi
“Toshkent-Sharqiy” aerodromi va “Toshkent mexanika zavodi” (avvalgi TAPOiCh) hududining bir qismi “O‘zbekiston temir yo‘llari”ga o‘tkazildi.
Bu prezidentning 2018 yil 3 yanvardagi 3456-sonli qarori va Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 martdagi 250-son qarori bilan nazarda tutilgan, deb xabar qilmoqda Spot.
Ushbu hujjatlarga ko‘ra, ”O‘zbekiston temir yo‘llari” aerodromni (bundan oldin Mudofaa vazirligi tasarrufida bo‘lgan), 94 va 122-sonli harbiy shaharchalarning bir qismini, shuningdek “Toshkent mexanika zavodi”ning bir necha bino hamda inshootlarini oldi.
Kompaniya boshqa idoralar bilan birgalikda kelajakdagi aeroportning tarkibiga kiradigan ushbu obektlar hududi, binolar va inshootlarini aniqladi. Xabar qilinishicha, aerokompleksning qurilishi boshlangan.
Loyiha doirasiga kiritilmagan aerodrom va harbiy shaharchalar hududi Toshkent viloyati hokimliklariga o‘tkazildi.
Mavzuga oid
20:25 / 19.09.2024
Moskva aeroportlarida xorijliklar uchun yangi qoidalar joriy etiladi
10:45 / 12.09.2024
«Hech kim yordam berolmaydi» – Moskva aeroportida Rossiya fuqaroligini rad etgani uchun qaytarilgan migrant hikoyasi
08:54 / 12.09.2024
Shahrisabz aeroporti fuqaro aviatsiyasi parvozlari uchun o‘z faoliyatini tikladi
17:16 / 09.09.2024