AQSh rossiyalik 38 tadbirkor va 15 kompaniyaga qarshi sanksiyalar joriy etdi

Foto: EPA
AQSh rossiyalik 38 tadbirkor va 15ta kompaniyani sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar Moliya vazirligi saytida xabar qilinadi.
Ro‘yxatda «Gazprom» rahbari Aleksey Miller, En+ egasi Oleg Deripaska, VTB rahbari Andrey Kostin va «Renova» egasi Viktor Vekselberg bor.
Shuningdek, sanksiyalar Gazprombank boshqaruvi raisi Andrey Akimov, «Surgutneftegaz» bosh direktori Vladimir Bogdanov, Tula oblasti gubernatori Aleksey Dyumin, RISI direktori Mixail Fradkov, «Zenit» futbol klubi direktori va Rossiya futbol ittifoqi sobiq rahbari Sergey Fursenkoga nisbatan ham joriy etildi.
Sanktsiyalar ro‘yxati aktivlarni muzlatib qo‘yish, AQSh hududidagi jismoniy va yuridik shaxslarning ko‘chmas mulki hamda ehtimoliy bank hisob raqamlarini xatlovga olish, shuningdek, mamlakatga kirishni taqiqlashni nazarda tutadi.
Mavzuga oid

21:45 / 23.05.2025
Tramp Yevropa Ittifoqiga 50 foizlik bojlar joriy etish rejasini e’lon qildi

20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi

14:36 / 23.05.2025
Bank of Georgia rossiyaliklarning lyuks do‘konlardagi xaridlarini chekladi

11:13 / 23.05.2025