Jahon | 08:37 / 06.04.2018
7307
1 daqiqa o‘qiladi

Davlat departamenti Saudiya Arabistoniga o‘zi yurar gaubitsalar sotishni ma'qulladi

Foto: RIA Novosti / Vasiliy Batanov

AQSh Davlat departamenti Saudiya Arabistoniga 1,31 mlrd dollarga o‘zi yurar gaubitsalarni sotish bo‘yicha kelishuvni ma'qulladi. Bu haqda AQShning Mudofaa va xavfsizlik hamkorligi bo‘yicha agentligi (DSCA) xabar berdi.

«Bu qurol-yarog‘ning ehtimoliy sotilishi AQSh tashqi siyosiy maqsadlari amalga oshirilishiga turtki beradi, sababi Yaqin Sharqda siyosiy barqarorlik hamda iqtisodiy rivojlanishni ta'minlashda muhim o‘rin tutayotgan sherikning xavfsizligini mustahkamlash imkoni paydo bo‘ladi», - deyiladi xabarda.

Ta'kidlanishicha, Saudiya Arabistoni 180ta o‘zi yurar M109A5/A6 gaubitsani so‘ragan. O‘z navbatida AQSh qurol-yarog‘ni sotish chog‘ida xaridorni ehtiyot qismlari, texnik qo‘llab-quvvatlov bilan ta'minlashga majbur.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid