Jamiyat | 20:55 / 06.04.2018
15614
3 daqiqa o‘qiladi

Deputat xalq ichida: Oqqonga chalingan bemorlar o‘zlariga zarur dori vositalarini olishdi 

Deputatga xalq ishonch bildirib, uni saylaydi. Deputat tom ma'noda xalq vakili. Shu bois odamlar dardini tinglash, ularning muammolariyu tashvishlarini hal etish deputatning oliy burchi hisoblanadi. Buni Toshkent shahri, Shayxontohur tumani xalq deputatlari kengashiga saylangan deputat Ubayev Lutfulla Xayrullayevich faoliyati misolida ko‘rish mumkin. U Gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot markazida davolanayotgan bemorlarga yordam qo‘lini cho‘zmoqda. KUN.UZ ijodiy jamoasi ushbu jarayon bilan yaqindan tanishdi. 

- O‘zLiDeP partiyasi a'zosi, halq deputati nomiga ushbu shifoxonadan murojaat kelib tushgan. Murojaatda u yerda og‘ir dardga chalingan bemorlar davolanayotgani haqida so‘z boradi. Lutfulla Ubayev bu borada ham yetarli chora-tadbirlarni amalga oshirib, bemorlar holidan xabar olib, ular uchun zarur dori-darmonlarni yetkazib berilishida tezkor tadbirlarni tashkillashtirdilar, - dedi deputatning jamoatchi yordamchisi Samarjon Nazarov. 

 Bu xayrli ishdan ko‘plab bemorlar va ularning ota-onalari juda xursand bo‘lishdi.


Guvohi bo‘lganingizdek, xayrli ishlarda musobaqa bo‘lmoqda. Barchamizning yagona maqsadimiz xalqni rozi qilish. Shu fursatdan foydalanib bu kabi xayrli ishlarga boshqa mutasaddilarni ham chorlab qolamiz. Saxovatpesha insonlar va tadbirkorlarni hamkorlikka chaqiramiz. Zero, ertangi kun uchun barchamiz mas'ulmiz.  

Eslatib o‘tamiz, KUN.UZ tahririyati ushbu kasallikka chalingan bemorlar uchun maxsus “Taslim bo‘lma” xayriya aksiyasini tashkil etgan bo‘lib, mazkur aksiyada yig‘ilgan mablag‘larga bemorlar uchun dori-darmon vositalari olib borib beriladi.

Qo‘shimcha ma'lumotlar:

O‘zbekistondan xayriya qilmoqchi bo‘lgan insonlar uchun: 
8600 0417 3756 6308 –  Click / Payme
Asqarov Mahsudjon

Agrobank ATB Toshkent shahar filiali
MFO:
00394
INN: 201 200 124
Naqd pul topshirganda: 2311 6000 6000 0039 4001
Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazilganda: 2311 8000 4000 0039 4001
Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2312 0000 9000 0039 4001

Xorijdan pul o‘tkazmalar uchun:
Paypal
- umidskh@gmail.com

Rossiyadagi yurtdoshlarimiz uchun:
4276 3801 1901 0663 – Sberbank (Ibrohim G‘aniyev)

Xayriyada ishtirok etish istagini bildiradigan tadbikorlar va turli xil kompaniyalarni hamkorlikka chorlab qolamiz. Siz xayriya aksiyamizda qatnashib, sayt guruhi bilan birgalikda ilmiy markazga borib, bemorlar holidan xabar olishingiz mumkin.

Qo‘shimcha savollar uchun sayt ishonch telefoni: +998 95 146 23 23

Mavzuga oid