Xitoyda internet-do‘konlar orqali Injil sotish taqiqlandi
Xitoy hukumati internet-do‘konlarda Injil sotishni taqiqladi. Bu haqda The New York Times nashri xabar bermoqda. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, yirik riteylerlar Injil sotishni to‘xtatgan.
Nashr Injil sotilishi taqiqlanishini Xitoyning “azaldan kommunizmga qarshi bo‘lgan” Vatikan bilan munosabatlari yomonlashgani bilan bog‘lagan. Biroq Injilni cherkov do‘konlarida hali ham sotib olish mumkin.
South China Morning Post nashrining ta'kidlashicha, WeChat’dagi nasroniy kitob do‘koni 5 aprelga o‘tar kechasi o‘chirib tashlangan.
Ikkita onlayn-do‘kon vakillarining ma'lum qilishicha, xaridorlar Injilni shaxsiy murojaat orqali sotib olishlari mumkin, biroq Taobao’da Injil ommaviy kataloglardan olib tashlangan.
Shu bilan birga boshqa dinlarga oid kitoblarni onlayn sotib olish imkoni saqlanib qolgan. Misol uchun, daochilik va buddaviylik dinlari kitoblarini, Qur'oni Karimni onlayn xarid qilish mumkin.
Ta'kidlanishicha, 2014 yildan 2016 yilgacha Xitoy viloyatlaridan birida cherkovlardan 1500 dan ko‘proq xoch olib tashlangan. South China Morning Post’ning ta'kidlashicha, Xitoy kompartiyasi “xorijiy kuchlarga” mamlakatning diniy faoliyatiga ta'sir qilishga ijozat bermaydi.
Mavzuga oid
19:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston eksportida Rossiya birinchi o‘ringa ko‘tarildi
15:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston Xitoydan 2 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib oldi
13:48 / 23.04.2023
Xitoyning Fransiyadagi elchisi Qrim statusi va sobiq SSSR davlatlari suverenitetini shubha ostiga oldi
11:25 / 21.04.2023