Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijiy investitsiyalarning muayyan foizi ilmga va ilmiy kadrlar tayyorlashga yo‘naltiriladi – Shavkat Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘simlik moddalari kimyosi institutida oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, akademiklar, olimlar va yosh tadqiqotchilar bilan suhbatlashdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Ertangi kunini tasavvur qilgan, raqobatbardosh bo‘laman degan davlat albatta ilmga e'tibor berishi kerak. Sizlarning tilingizda aytganda, biz ham mamlakatimizni progressiv va innovatsion rivojlantirishimiz zarur. Buning uchun olimlar, tadqiqotchilar Vatanga xizmat qilishi, ilmiy-texnologik ishlanmalarini barcha sohalarda, ayniqsa, viloyatlarda joriy etishi kerak”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari mamlakatga kelayotgan har bir xorijiy investitsiyaning muayyan foizi ilm-fanni rivojlantirish va ilmiy kadrlar tayyorlashga yo‘naltiriladigan tizim qilish bo‘yicha topshiriq berdi.
Olimlar davlat rahbarining kecha qabul qilingan “Respublika oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ularga katta xursandchilik, moddiy va ma'naviy rag‘bat bag‘ishlaganini alohida qayd etdilar. Mamlakatda ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdilar.

Prezident ilm-fan vakillarining ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash masalalariga ham alohida e'tibor qaratdi. Jumladan, ularni uy-joy bilan ta'minlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
Mavzuga oid
14:23 / 09.03.2024
Ilmiy ish qilayotganlarga 6 oygacha haq to‘lanadigan ta’til beriladi
19:45 / 06.02.2024
Elektromobil tarmog‘ini rivojlantirish chora-tadbirlari taqdimot qilindi
19:10 / 22.01.2024
Prezidentga sportdagi natijalar va rejalar bo‘yicha axborot berildi
19:05 / 22.01.2024