Fan-texnika | 17:09 / 06.04.2018
17650
2 daqiqa o‘qiladi

iPhone servis markazga kelgan ayolning qo‘lida portlab ketdi

Xitoyning Xeyluntszyan provinsiyasida istiqomat qiluvchi ayolning qo‘lidagi iPhone portlab ketdi. Natijada u kuyish jarohatlarini olgan. Hodisaning qiziq tomoni shundan iboratki, u ayol o‘z smartfonini olib kelgan servis markazda yuz bergan, deb xabar qilmoqda Setn.com.

Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, yanvarda u Tuntszyane shahridagi servis markazga murojaat etib, iPhone’ning batareyasini almashtirgan, sababi eskisida quvvat tez tugay boshlagan. "Yangisi" o‘zini yomon ko‘rsatdi hamda 3 aprel kuni kechqurun ayol yana ustaxonaga yo‘l oldi. U smartfondagi barcha kamchiliklarni sanayotganida, qurilma egasining qo‘lida portlab ketgan.

Olov ayolning yuziga kelib urildi, so‘ng kiyimiga tarqaldi. Natijada u yuz va chap qo‘l kuyishi bilan tibbiyot xodimlariga murojaat qildi.

Hodisadan so‘ng jabrlanuvchi Apple qo‘llab-quvvatlash xizmatiga chiqdi, biroq tovon pulida rad javobi berildi – ma'lum bo‘lishicha, servis markazi rasmiy sertifikatga ega bo‘lmagan holda ishlagan.

Akkumulyator nima sababdan portlab ketgani noma'lumligicha qolmoqda.

Mavzuga oid