Jahon | 08:07 / 06.04.2018
3434
1 daqiqa o‘qiladi

Qatar amiri Tramp bilan muzokaralar o‘tkazadi

Foto: RIA Novosti / Aleksey Nikolskiy

AQSh prezidenti Donald Tramp 10 aprelda Vashingtonda Qatar amiri Tamim bin Hamad Ol-Soniyni qabul qiladi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati ma'lum qildi. 

“Prezident AQSh va Qatar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash yo‘llarini hamda xavfsizlik va iqtisodiyot sohasidagi umumiy manfaatlarimizni ilgari surishni muhokama qilishga umid qilmoqda”, deb aytilgan Oq uy xabarida. 

Tramp va Qatar amirining uchrashuvi Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasining AQShga tashrifidan bir necha kun keyin bo‘lib o‘tadi. 

Dunyoda neft va gaz olish bo‘yicha yetakchilar hisoblanadigan Qatar va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi munosabatlar oxirgi oylarda yomonlashgan. Ar-Riyod va uning ittifoqdoshlari Dohani terrorchilikni qo‘llab-quvvatlashda ayblab, u bilan diplomatik aloqalarni uzgan. Avvalroq Tramp inqirozni tartibga solishda vositachi bo‘lishga tayyorligini ma'lum qilgandi. 

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid