O‘zbekiston | 16:00 / 06.04.2018
5444
5 daqiqa o‘qiladi

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari yangi investitsion hamda innovatsion g‘oyalarni qanday topmoqda?

Foto: Pixabay

2018 yilning 6 aprel kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlariga yangi investitsion va innovatsion g‘oyalarni topish va amalga oshirish, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eksportini moliyalashtirish masalalari bo‘yicha belgilangan chora tadbirlar” mavzuida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda ommaviy axborot vositalari xodimlari xamda O‘zmilliybankning mutassaddi xodimlari ishtirok etdi. Bu haqda O‘zmilliybank matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zmilliybank tizimidagi filiallar tomonidan 2017 yilda joylarda kichik biznes sub'yektlari tomonidan intensiv ko‘chatlar yetishtirish, intensiv bog‘lar yaratish, meva va sabzavotlar yetishtirish, meva-sabzavotlarni qayta ishlash, qadoqlash va muzlatgichli omborxona tashkil etish, aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, klinikalarni zamonaviy jarrohlik va diagnostik meditsina asbob-uskunalar bilan ta'minlash hamda farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, ichki bozorni o‘zimizda ishlab chiqarilgan sifatli va xavfsiz dori-darmon vositalari bilan to‘ldirish, mahalliy xom ashyo bazasini kengaytirish va import o‘rnini bosuvchi dori-darmonlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish maqsadida tayyorlangan 265 ta loyihalarni moliyalashtirish uchun 3,1 trln. so‘m kredit mablag‘lari ajratildi.

Jumladan, Surxondaryo viloyatida 23 ta loyiha 556 mlrd. so‘mga, Samarqand viloyatida 18 ta loyiha 404 mlrd. so‘mga, Andijon viloyatida 29 ta loyiha 263 mlrd. so‘mga, Navoiy viloyatida 10 ta loyiha 258 mlrd. so‘mga va Toshkent shahrida 31 ta loyiha 315,0 mlrd. so‘mga moliyalashtirildi.

Shahar va tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturlariga asosan 46 600 ta yangi ishchi o‘rinlarini yaratish rejalashtirilgan 2 870 ta loyihalarni moliyalashtirish uchun bankning 5,6 trln. so‘m kredit mablag‘lari ajratiladi. Jumladan, sanoat sohasidagi 466 ta loyihalarga 3,9 trln. so‘m; xizmat ko‘rsatish sohasidagi 836 ta loyihaga 622,0 mlrd. so‘m, qishloq xo‘jaligi sohasida 1 571 ta loyihaga 1,1 trln. so‘m bank kreditlari ajratiladi.

Qishloq xo‘jaligida meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va saqlash quvvatlarini barpo etishga 868,0 mlrd. so‘m va zamonaviy issiqxonalar tashkil qilishga 262,0 mlrd. so‘m uzoq muddatli imtiyozli kredit mablag‘lari ajratiladi.

Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan jahon tajribalarini o‘rganish, sifatli eksportbop va import qilinayotgan mahsulotlar o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish uchun yangi innovatsion g‘oyalarni amalga oshirish uchun investitsiyalar ajratilmoqda.

Joriy yilning 23 martida prezident tomonidan imzolangan “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3620-sonli Qarori ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari va aholiga yanada qulaylik yaratish, bank xizmatlari tezkorligini ta'minlash hamda bank tizimiga bo‘lgan ishonchni yanada oshirish maqsadida qabul qilingan navbatdagi qaror bo‘ldi.

Ushbu qarorga asosan O‘zmilliybank tomonidan dastlabki ruxsatlarsiz va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz mijozlarga bevosita xizmat ko‘rsatish hududiga to‘sqinliksiz kirish sharoitlari yaratilgan “Namunaviy filial sifatida”, Bankning Toshkent shahar Yangiobod filiali qayta jihozlanib chiqildi, bunda mijozlarga xizmat ko‘rsatish zallari 2 ga bo‘linib, yuridik mijozlar uchun alohida, chakana amaliyotlar uchun alohida zallar belgilangan. Xususan, front ofis va bek-ofislar xam alohida ajratilgan.

Endilikda bank binosiga kirishda mijozlarni qo‘riqlash xizmati xodimlari emas, balki resepshen (bank xodimi) xodimlari kutib oladi, mijozlarni dastlabki qabul qilishda ushbu xodimlar bank xizmatlari va bank tariflari haqida birlamchi ma'lumotlarni mijozlarga yetkaza oladilar. Mijozlar bank operatsion zallariga hujjat taqdim etmasdan kirishlari yo‘lga qo‘yildi.

Joriy yilning 1 aprelidan xorijiy valyutaning oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirish va xalqaro to‘lov kartalaridan pul mablag‘larini xorijiy va milliy valyutadagi muddatli omonatlarga o‘tkazish, kommunal va boshqa to‘lovlarni to‘lash, onlayn konversiyani ta'minlovchi jismoniy shaxslarning hisobvaraqlarini masofadan turib boshqarish tizimi joriy etildi.

O‘zmilliybank tizimida joriy yilning 1 mayiga qadar bank xizmatlari bo‘yicha belgilangan tariflar qayta ko‘rib chiqilib, kreditlar ajratishda hisoblanadigan komissiyalar va jarimalar miqdori chegaralab qo‘yiladi.

Joylarda bank plastik kartalari egalariga sifatli bank xizmatini taqdim qilish maqsadida, uzluksiz ishlaydigan bankomatlar dislokatsiyasi kengaytiriladi va 2018 yilda hududlarga 85 ta, 2019 yilda 100 ta bankomat o‘rnatiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid