Jahon | 17:20 / 06.04.2018
21399
1 daqiqa o‘qiladi

Mordoviyada o‘zbekistonlik migrant otib o‘ldirildi

Foto: Kazinform

Mordoviyada yashovchi shaxs o‘zbekistonlik migrantni otib o‘ldirgani uchun 7,5 yilga qamaldi. Bu haqda "Izvestiya Mordovii" xabar berdi.

Mordoviyada 54 yoshli erkak sud tomonidan odam o‘ldirganlikda aybdor deb topildi. Rossiya Tergov qo‘mitasining mintaqaviy boshqarmasidan xabar berishlaricha, o‘tgan yilning sentabr oyida Zubovo-Polyana tumanidagi Akim-Sergeyevka qishlog‘ida qotil O‘zbekistonning 32 yoshli fuqarosi bilan janjallashib qolgan. Mojaro migrantning orqasiga o‘q uzish bilan yakun topdi. Janjalga esa halok bo‘lgan o‘zbekistonlik qurilishi bilan shug‘ullangan uy sabab bo‘lgan.

Sud qaroriga ko‘ra, qotil 7,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid