Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Virgin Galactic 2014 yildagi fojiadan keyin koinot kemasining ilk parvozini o‘tkazdi
Britaniyalik milliarder Richard Brenson kompaniyasi Virgin Galactic 2014 yildagi avariyadan keyin koinot kemasining ilk boshqariluvchi parvozini amalga oshirdi.
Ikki nafar uchuvchi tomonidan boshqariluvchi VSS Unity koinot kemasi havoga VMS Eve samolyoti bortida olib chiqilgan.
Kema ajralgach, kompaniyaning Moxava cho‘lidagi poligoniga tushgan.
Virgin Galactic’ning oxirgi boshqariluvchi parvozi 2014 yilda bo‘lib o‘tgan. O‘shanda sinov parvozi uchuvchilardan birining o‘limi bilan yakunlangan. Kompaniya versiyasiga ko‘ra, fojiaga kema uchuvchisining xatosi sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
01:39 / 17.05.2025
Virgin Galactic kosmosga parvozlar narxini oshiradi
08:47 / 11.08.2023
Virgin Galactic dastlabki sayyohlarni kosmos chekkasiga olib chiqdi
08:36 / 30.06.2023
Virgin Galactic kosmoleti birinchi tijorat parvozini amalga oshirdi
14:53 / 16.06.2023