Jahon | 19:41 / 07.04.2018
14445
1 daqiqa o‘qiladi

Daniyada minora buzilishi vaqtida kutubxona ustiga quladi (video)

Foto: Zvezda

Daniyaning Boltiq dengizidagi Zelandiya orolida joylashgan Vordingborg shahri aholisi mahalliy portdagi silos minorasining muvaffaqiyatsiz buzilishini videoga olishdi.

6 aprelda eski minora portlatish orqali buzilishi vaqtida rejaga zid ravishda yaqin oradagi kutubxona binosining bir qismi ustiga qulagan.

Voqea joyida politsiyachilar va qutqaruvchilar navbatchilik qilishgan. Ularning ma'lumotlariga ko‘ra, voqea oqibatida hech kimga zarar yetmagan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid