Jahon | 10:38 / 07.04.2018
18163
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Norvegiya aholisi sirena tovushini Rossiya bilan boshlangan urush signali sifatida qabul qildi

Foto: KNUT-SVERRE HORN / NRK

Norvegiyaning Vadse shahri aholisi to‘satdan yoqilgan sirenani eshitib, urush boshlangani haqida o‘yladi. Ushbu shahar Rossiya bilan chegaraga yaqin yerda joylashgan, deb xabar bermoqda NRK.

Ta'kidlanishicha, trevoga signali soat taxminan 23:50 (Toshkent vaqti bilan 3:50)da yoqilgan, uni o‘n besh daqiqadan so‘ng o‘chirishning uddasidan chiqishdi. Bu vaqt davomida aholi xavotirga tushdi, odamlarning aksariyati sirena tovushi yangray boshlaganida «sharqdagi qo‘shni» haqida o‘ylagan.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, ba'zilar urush boshlandi, deb ham o‘ylagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq rossiyalik general Rossiya va AQSh o‘rtasidagi ehtimoliy urush oqibatlari haqida aytgandi

Mavzuga oid