O‘zbekiston | 09:07 / 07.04.2018
46465
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident shafqatsiz bozor iqtisodiyoti haqida gapirdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘simlik moddalari kimyosi institutida oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, akademiklar, olimlar va yosh tadqiqotchilar bilan suhbatlashgani xabar berilgandi.

“Dunyo hamjamiyatiga raqobatbardosh bo‘laman degan har bir davlat, albatta, ilm bilan hamnafas bo‘ladi, hamma ishini olimlar bilan qiladi. Bozor iqtisodiyoti shafqatsiz narsa. Bozorga raqobat bilan tayyor bo‘lmasak, hech qachon o‘zimizning o‘rnimizni hech qaysi sohada topa olmaymiz. 

22 yillik tanaffusdan keyin yangi akademiklar tayinladik. Bu chorak asr degani. Chorak asr davomida akademiya rivojlanishiga e'tibor qilinmagani, mening fikrimcha, juda katta xato. Endi bu xatoni intensiv va progressiv yo‘l bilan to‘g‘irlamasak, an'anaviy yo‘l bilan yeta olmaymiz.

Maktabgacha ta'lim bilan maktabni rivojlantirish – bu bizning strategiyamiz bo‘ladi. Ilmni ham albatta rivojlantiramiz. Klaster tizimiga o‘tyapmiz, bu esa hamma sohani raqobatbardosh qiladi. Paxtada ham shu bo‘ladi. Paxtani kim ekadi? Klaster ekadi. Endi u klaster olimlar bilan ishlaydi. Sababi unga ko‘proq daromad qilish uchun nav kerak. Navni kim qiladi? Olim qiladi. Olimga pul berish kerak, ko‘proq sharoit yaratish lozim. Shunda nav bo‘ladi”, - dedi prezident. 

Mavzuga oid