Puchdemon Rossiyaga qochib ketmoqchi bo‘lgan
Kataloniya sobiq rahbari Karles Puchdemon Finlyandiyaga mart oyi oxirida uyushtirgan tashrifi davomida Ispaniya rahbariyati ta'qibidan Rossiya hududida yashirinish imkoniyatini ko‘rib chiqqan, biroq Belgiyaga Daniya hamda Germaniya orqali avtomobilda qaytishga qaror qilgan, bu politsiyachilarga avvaldan ma'lum bo‘lgan. Bu haqda El Mundo xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, Puchdemon Finlyandiyaga Shveytsariyadan kelib, Rossiyaga jo‘nab ketish imkoniyati ustida o‘ylagan. Finlyandiyada uni hibs qilish uchun order olingani tasdiqlangach, Puchdemon tanlov oldida qolgan - Sankt-Peterburg yoki Stokgolmga jo‘nab ketish.
Biroq, Puchdemon finlyandiyalik haydovchi bilan Shvetsiyaga jo‘nab ketishni ma'qul ko‘rib, taxminan 1700 kilometr masofani bosib o‘tgan. Kataloniya sobiq yetakchisining bunday qarorga kelishiga Stokgolmga kemada borganida, undan pasportini tekshirish uchun so‘rab qolishlari mumkin bo‘lgani sabab sifatida ko‘rsatiladi. Shvetsiyada u Daniya va Germaniya orqali Belgiyaga yetib bormoqchi bo‘lgan, ammo Germaniya-Daniya chegarasida 25 mart kuni politsiya tomonidan qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
21:00 / 07.10.2024
Ramzon Qodirov migratsiya siyosatida «o‘rta asr yondashuvlaridan» voz kechishga chaqirdi
20:07 / 07.10.2024
Rossiyada sakkiz nafar general lavozimdan olindi - OAV
20:51 / 04.10.2024
Rossiya «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha ishlarni yakunlamoqda - FXX rahbari
18:42 / 04.10.2024