Shavkat Salomovga hamma narsa mumkinmi? - «Buxoro» futbolchisining «Paxtakor»ga qarshi o‘yindagi qilig‘i
O‘yindagi hal qiluvchi vaziyatlardan biri 37-daqiqada yuz berdi. Bosh hakam Temur To‘xtasinov «Buxoro» darvozasi tomon penalti belgiladi. Bundan norozi bo‘lgan mezbonlar himoyachisi Artyom Filiposyan unga keskin e'tiroz bildirdi. Shunda To‘xtasinov unga sariq karta ko‘rsatmoqchi bo‘lganida, jamoa sardori Shavkat Salomov unga qarshilik qilib, qo‘lidan ushlab oldi. To‘xtasinov uning iskanjasidan chiqib ketishga uringanida, Salomov bunga yo‘l qo‘ymadi, hatto uni quchoqlab oldi. Mojaroga Filiposyan ham aralashib, hakamga do‘q ura boshladi. Ammo, To‘xtasinov bir amallab vaziyatdan chiqib ketdi va Filiposyanni ogohlantirdi. Salomovning qilig‘ini esa e'tiborsiz qoldirdi. Bu hodisa stadionga yig‘ilgan minglab, teleekran oldida o‘tirgan millionlab muxlisning ko‘z o‘ngida sodir bo‘ldi.
Futbol qoidalariga ko‘ra, bosh hakam bilan ahloq doirasidan chetga chiqmagan holda bahslashish huquqi faqat jamoa sardoriga berilgan. Boshqa futbolchilarning hakam bilan bahslashishi mumkin emas. Bundan tashqari, hakamning qo‘lidan ushlab, unga qarshilik qilish nariroqda tursin, hatto unga qo‘l tekkizish ham mumkin emas!
Biz ko‘rgan vaziyatda esa, Salomovning qilig‘ini va unga To‘xtasinovning munosabatini qanday tushunish mumkin? Bosh hakam futbol qoidalariga ko‘ra, uni kamida sariq karta bilan ogohlantirishga, aslida esa maydondan chetlatishga ham haqli edi.
Shu o‘rinda O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining Osiyo chempionati chorakfinalida Xitoyga qarshi o‘tkazgan o‘yinini esga olish mumkin. O‘sha bahsda bosh hakam Ben Uilyams darvozabonimiz to‘pni ikki marta qo‘liga olgani uchun, erkin zarba belgilagan edi. Ehtirosga berilgan posbonimiz uning qo‘lini ushlab, erkin zarba belgilamasligini iltimos qilmoqchi bo‘lganida esa, zudlik bilan maydondan chetlatgan edi.
Mavzuga oid
11:45
Xitoy Buxoroda oqova suvlarni qayta ishlash loyihasini amalga oshirmoqchi
18:13 / 21.11.2024
Shatskix «Paxtakor»dagi vazifasiga qaytgach, Tojiyev, Cheran, Sobirxo‘jayev qaydnomaga ham kiritilmadi
09:51 / 21.11.2024
Buxoroning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
20:55 / 20.11.2024