Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Buning to‘lovi qimmatga tushadi». Tramp Suriyadagi kimyoviy hujum uchun Putin va Eronni aybladi
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z tvitterida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Eron rahbariyatini Suriyada Bashar Asad rejimini qo‘llab-quvvatlashda aybladi.
«Suriyada o‘ylovsiz uyushtirilgan kimyoviy hujum tufayli juda ko‘pchilik halok bo‘ldi, ayollar va bolalar. Vahshiylik hududi yopilib, Suriya armiyasi tomonidan o‘rab olingan, bu uni tashqi dunyodan uzib qo‘ygan. Prezident Putin, Rossiya va Eron hayvon Asadni qo‘llab-quvvatlamoqda. Buning to‘lovi qimmatga tushadi», — deya yozadi Tramp.
U shuningdek, hudud aholisiga imkon qadar tezroq tibbiy yordam ko‘rsatishga chaqirdi va yuzaga kelgan vaziyatni «yana bir gumanitar halokat» deb atadi.
Tramp AQShning sobiq prezidenti Barak Obamani ham ushbu vaziyat uchun ayblagan.
«Agar prezident Obama qat'iyatliroq bo‘lganida Suriya mojarosi allaqachon yakunlangan bo‘lardi. Hayvon Asad esa allaqachon tarixga aylangan bo‘lardi», — degan Tramp.
8 aprel kuni Sharqiy Gutaga uyushtirilgan kimyoviy hujum oqibatida 70 kishi halok bo‘lgani haqida xabar tarqalgandi.
Ko‘p o‘tmasdan Rossiya Mudofaa vazirligi bu xabarlarni navbatdagi yolg‘on xabarlar deb atadi.
Oq uyning xavfsizlik va terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha mashalatchisi Tomas Bossert esa bu voqealardan keyin Suriyaga qarshi harbiy harakatlar amalga oshirilishi mumkinligini aytdi.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025