Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyada kimyoviy qurol qo‘llanishi oqibatida 70 kishi halok bo‘ldi, AQSh Rossiyani aybladi
Suriyaning Duma shahrida, isyonchi kuchlar nazorati ostida bo‘lgan Sharqiy G‘uta hududida gaz qo‘llandi. Qutqaruvchilar va shifokorlarga asoslanib «Bi-Bi-Si» bergan xabarga ko‘ra kimyoviy hujum oqibatida 70 kishi halok bo‘lgan.
Ko‘ngillilarning «Oq kaskalilar» guruhi yorto‘ladagi jasadlar suratlarini namoyish etishgan. Qurbonlar soni ortishi mumkinligi aytilmoqda.
Hozircha bu ma'lumot tasdiqlanmadi.
Shu bilan bir vaqtda AQSh Davlat departamenti ehtimoliy hujum uchun javobgarlikni Rossiya zimmasiga yuklamoqda.
«Suriya rejimi o‘z xalqiga kimyoviy qurol qo‘llab barchaga ayon. Suriya prezidenti Bashar Asadni qo‘llab kelayotgan Rossiya ham ushbu noinsoniylik uchun javobgar.
Qo‘shma Shtatlar Rossiyani Suriyani qo‘llashni zudlik bilan to‘xtatishga va kelgusida yana shunday voqealar ro‘y berishi oldini olish uchun xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik qilishga chaqiradi», — deyilgan Davlat departamenti xabarida.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025