Sport | 22:13 / 09.04.2018
5931
2 daqiqa o‘qiladi

Fabio Kapello faoliyatini yakunladi

Mashhur italiyalik futbol murabbiyi Fabio Kapelloning so‘nggi ish joyi Xitoyning «Tszyansu Suning» klubi bo‘lib qoladigan bo‘ldi. Mutaxassis murabbiylik faoliyatini yakunlagani haqida e'lon qildi.

«Klub va milliy terma jamoalar boshqaruvi chog‘ida o‘zim uchun juda katta tajriba to‘pladim. «Tszyansu Suning» bosh murabbiyi sifatida ishim – futboldagi so‘nggi tajribam bo‘ldi, endi nafaqaga chiqdim. Ayni vaqtda sharhlovchi sifatida ishlamoqdaman va bundan qoniqish hosil qilyapman», — degan Kapello Rai Sport‘ga.

Kapello Xitoy klubini tark etgach, unga Italiya terma jamoasini boshqarish taklif qilingan. Ammo u bu taklifga ham rad javobini bergan.

Kapello «Milan», «Roma», «Yuventus» va «Real» klublari bosh murabbiyi sifatida tanilgan. Shuningdek u Angliya va Rossiya terma jamoalarini ham boshqargan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid