Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 08:46 / 09.04.2018
6877
1 daqiqa o‘qiladi
YTH natijasida maktab o‘quvchisi jabrlandi
Illyustrativ foto/News.newnn.ru
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, 7 aprel kuni soat 07.30larda 1993 yilda tug‘ilgan A.A. o‘zining boshqaruvidagi “VAZ-2106” rusumli avtomashinasini Xalqobod QFY Navoiy mahallasi hududida haydab ketayotib piyoda, o‘rta maktab o‘quvchisi E.T.ni urib yuborgan.
Natijada E.T. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish