Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjonda muddatidan ilgarigi prezident saylovlari qizg‘in o‘tishi kutilmoqda
Ozarboyjon Markaziy saylov komissiyasi (MSK) rahbari Mazohir Panaxov 11 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan muddatidan ilgarigi saylovlarda ishtirok etadigan saylovchilar soni an'anaga ko‘ra yuqori bo‘lishini kutayotganini aytdi. U "RIA Novosti"ga bergan intervyusida shunday bayonot bergan.
Panaxovning so‘zlariga ko‘ra, jamiyatda prezident saylovlariga yuqori qiziqish kuzatilmoqda, elektorat orasida "ma'rifatparvarlik ishlari" olib borilgan. Uning aytishicha, 11 partiya saylovlarni kuzatish uchun o‘z nazoratchilarini ro‘yxatdan o‘tkazgan.
"Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqib, o‘ylaymanki, saylovchilar faolligi yuqori darajada bo‘ladi. Qoidaga ko‘ra, prezident saylovlarida saylovchilar faolligi yuqori bo‘ladi", - dedi Panaxov.
2013 yilgi davlat rahbari saylovlarida ishtirokchilar ko‘rsatkichi 72 foizdan oshgan, 2008 yilda - 75 foiz, 2003 yilda esa 62 foizni tashkil qilgan.
Panaxov MAK 900 ga yaqin xalqaro va 60 mingdan ziyod mahalliy kuzatuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazganini ma'lum qildi. 21 mamlakatning 118 nafar xodimi OAV vakillari sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.
Sakkiz kishi davlat rahbari lavozimi uchun kurash olib boradi: hukmron "Yangi Ozarboyjon" partiyasi nomzodi, mamlakatning amaldagi prezidenti Ilhom Aliyev, "Butun Ozarboyjon xalq fronti" partiyasidan Gudrat Gasanguliyev, Ozarboyjon sotsial-demokratik partiyasidan Araz Alizoda, "Milliy tiklanish harakati" partiyasidan Faraj Guliyev, "Frontchilar tashabbus guruhi"dan Rozi Nurullayev, "Zamonaviy Musavat" partiyasidan Hofiz Gajiyev, mustaqil ishtirokchi Zohid Oruj, Ozarboyjon Demokratik partiyasidan Sardor Mamedov.
Mavzuga oid
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
11:32 / 19.05.2025
Portugaliyada o‘ng markazchilar navbatdan tashqari saylovlarda g‘alaba qozondi
21:12 / 07.05.2025