Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
San'atkorlar har yili Mustaqillik bayrami arafasida Prezident nomidan mukofotlanadi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 apreldagi «Milliy madaniyatimiz rivojiga katta hissa qo‘shgan san'atkorlarni hamda o‘zbek san'atini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 271-sonli qarori qabul qilindi.
Huquqiy axborot kanalining sharhiga ko‘ra, ushbu qaror bilan «Milliy madaniyatimiz rivojiga katta hissa qo‘shgan san'atkorlarni hamda o‘zbek san'atini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida Nizom» tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra:
- Milliy madaniyatimiz rivojiga katta xissa qo‘shgan san'atkorlar hamda o‘zbek san'atini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlar eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan moddiy rag‘batlantiriladi va ularga mukofotlanganlik to‘grisida sertifikat topshiriladi;
Mukofotlashga, qoida tariqasida, quyidagi sohalarda faoliyat yuritayottan madaniyat sohasi vakillari tavsiya etiladi:
- kompozitor, bastakor va san'atshunoslar;
- teatr, kino va ommaviy tadbirlar aktyorlari, rejissyorlari;
- dirijyorlar, baletmeysterlar;
- musiqa, xor, raqs, sirk, orkestr, ansambl ijrochilari va ushbu jamoalarning badiiy rahbarlari;
- doston ijrochiligi namoyandalari;
- shoir va yozuvchilar;
- muzey hamda moddiy va nomoddiy madaniy meros obektlarini muhofaza qilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar;
- tasviriy va amaliy san'at vakillari, dizaynerlar.
Mukofotlashga madaniyat sohasining boshqa yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan nomzodlar ham tavsiya etilishi mumkin.
Nomzodlarni tavsiya qilish va g‘oliblarni aniqlash hududiy komissiyalar va respublika komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Mukofotlash marosimi har yili Toshkent shahrida Mustaqillik bayrami arafasida o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
09:10 / 24.05.2025
Xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari uchun mukofot puli miqdori oshirildi
11:38 / 02.04.2025
O‘qotar qurolni ixtiyoriy topshirganlarga mukofot puli to‘lanadi
13:12 / 03.03.2025
Donorlarga beriladigan pul mukofoti miqdori oshirildi
14:18 / 03.02.2025