Odamdan ham katta: Filippinda juda yirik kalmar tutildi
Filippinlik baliqchilar uzunligi taxminan 2,5 metr bo‘lgan juda yirik kalmarni tutishdi, deb xabar qilmoqda Rakyatku News.

Mollyusk Tavi-Tavi viloyatidagi orollardan biri yaqinida tutildi. Mahalliy baliqchilarning ma'lum qilishicha, ular avval bunday yirik kalmarlarni hech qachon ko‘rishmagan. Oroldagilarning fikricha, kelajakda mahalliy aholi vakillari mollyuskning bahaybat "qarindoshlarini" tutishning uddasidan chiqishadi.

"Bu sog‘lom va yosh kalmar, go‘shti juda shirin bo‘ladi", - deya qayd etib o‘tgan baliqchilardan biri.

O‘lja mahalliy aholi e'tiborini o‘ziga tortdi, ular kalmarni videoga olishgan. Rolikdan ko‘rish mumkinki, mollyusk atrofida o‘ljani tomosha qilayotgan va suratga olayotgan odamlar juda ko‘p.
Mavzuga oid

11:23 / 11.03.2025
Filippin sobiq prezidenti Rodrigo Duterte hibsga olindi

20:09 / 20.02.2025
Filippinda o‘ldirilgan chivinlar uchun pul to‘lash boshlandi

16:24 / 02.12.2024
O‘zbekiston JST a’zoligi bo‘yicha Filippin bilan muzokaralarni yakunladi

18:12 / 24.11.2024