Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Amaliy san'at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi ishga taklif etadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.12.2017 yildagi “O‘zbekiston amaliy san'at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyini tashkil etish to‘g‘risida”gi 1003-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston amaliy san'at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi maxsus hisobdan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishga taklif etadi:
1. Folklor yo‘nalishi;
Epik tur janrlari bo‘yicha:
- -Xalq qo‘shiqlari (Buxoro, Xorazm, Surxondaryo va Farg‘ona vodiysi yo‘nalishlaridagi baxshilar);
- -Xalq dostonlari (Buxoro, Xorazm, Surxondaryo va Farg‘ona vodiysi yo‘nalishlaridagi baxshilar);
- -Termalar.
Lirik tur janrlari bo‘yicha:
- -lirik qo‘shiqlar;
- -marosim qo‘shiqlari;
- -laparlar.
2. Milliy musiqiy cholg‘u asboblari
- -doira;
- -tanbur;
- -rubob;
- -karnay
- -surnay;
- -chanqovuz.
3. O‘zbek milliy raqs yo‘nalishi bo‘yicha:
- -Surxondaryo;
- -Buxoro;
- -Farg‘ona;
- -Xorazm.
4. Dorbozlik san'ati.
5. Qo‘g‘irchoqbozlik.
6. Ingliz, fransuz, nemis tillari bo‘yicha ekskursovodlar.
O‘zbekiston amaliy san'at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi yuqorida keltirilgan yo‘nalishlar bo‘yicha tanlov asosida ishga oladi.
Muzeyda ish vaqti 9.00-18.00 gacha.
Ma'lumot uchun telefonlar: 256-40-42, (+99897) 762-14-05.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
11:05 / 10.05.2025
Niderlandiyada Ikkinchi jahon urushi davrida qurbon bo‘lgan o‘zbeklar xotirasiga bag‘ishlangan muzey ochildi
11:50 / 22.02.2025
“Titanik” chekuv xonasidagi oltin qandil AQShda muzeyga qo‘yildi
13:30 / 11.02.2025
40 xonali katta bino – Navoiy tug‘ilgan kunda uning muzeyiga borish nega noqulay?
01:32 / 26.01.2025