Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tsementga berilgan imtiyozlardan noqonuniy foydalangan sub'yektlardan 156,3 mln so‘m bojxona to‘lovi undirildi
Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17 yanvardagi «Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori bo‘lgan mahsulot va xom ashyo turlari bilan barqaror ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 3479-sonli qarori asosida import qilingan sement mahsulotlari bo‘yicha berilgan imtiyozlardan foydalanish qonuniyligi tahlil qilindi, deb xabar beradi Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati.
Tahlil natijasida birjada sotish sharti bilan sement mahsulotlarini respublika hududiga olib kirgan, biroq savdoga qo‘ymagan 58 ta xo‘jalik yurituvchi sub'yekt aniqlangan.
Ko‘rilgan choralar natijasida, imtiyozdan noqonuniy foydalangan 4 ta xo‘jalik yurituvchi sub'yektdan 156,3 mln so‘m bojxona to‘lovlari to‘liq undirildi, 40 ta xo‘jalik yurituvchi sub'yektga tegishli sement mahsulotlarini birja savdosiga chiqarilishi ta'minlandi.
Birjada sotish tartibi bo‘yicha ma'lumotga ega bo‘lmagan 14 ta xo‘jalik yurituvchi sub'yektga, birjada savdoni amalga oshirishning tartibi va afzalliklari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Mavzuga oid
13:36 / 14.02.2025
Eksport bo‘yicha imtiyozlar tatbiq etilmaydigan tovarlar ro‘yxati o‘zgartirildi
15:24 / 06.01.2025
Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar xodimlari uchun imtiyozlar nazarda tutilyapti
16:32 / 26.12.2024
Mobil aloqa xizmatlari aksiz solig‘idan ozod etildi
17:02 / 16.11.2024