Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada qiruvchi samolyot zavod ustiga bomba tashlab yubordi
Fransiyada Mirage 2000 qiruvchi samolyoti zavod ustiga tasodifan bomba tashlab yubordi. Bu haqda France Bleu xabar bermoqda.
Voqea 10 aprelda Luara departamentida yuz bergan. Fransiya harbiy-havo kuchlarining ikkita samolyoti Nojan-syur-Vernisson aholi punkti ustidan uchib o‘tayotganda ulardan biri aviabombani yo‘qotib qo‘ygan. Bomba Faurecia kompaniyasi zavodi ustiga tushgan. Buning oqibatida 2 kishi jarohat olgan.
“Avval ikkita qiruvchi samolyot uchib o‘tdi va biz zarba ovozini eshitdik. Ovoz yetarlicha baland edi”, deb aytgan guvohlardan biri.
Fransiya harbiy-havo kuchlari vakili, polkovnik Olive Seloning aytishicha, zavodga tushgan bomba o‘quv bombasi bo‘lgan va portlovchi moddalarga ega bo‘lmagan. Bomba Reysm yaqinidagi poligonga tashlanishi kerak bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, voqea tergov qilinmoqda.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025