Sport | 16:56 / 11.04.2018
18498
3 daqiqa o‘qiladi

Gvardiola «Manchester Siti» YeChLni tark etishi sabablaridan birini aytdi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola Yevropa chempionlar ligasi chorak finalida «Liverpul»dan uchralgan mag‘lubiyatga (1:2, 0:3) sabab bo‘lgan omillarni aytib o‘tdi.

«Liverpul» – top murabbiyga ega, top jamoa. Ular finalda o‘ynashga munosib degan bo‘lardim.

Futbolchilarimni musobaqadagi ajoyib ishtirok bilan tabriklamoqchiman. Ular o‘z ishini shunchaki fantastik tarzda uddalashdi. Endi esa bor e'tiborimizni premer-ligaga qaratishimiz kerak bo‘ladi.

Birinchi bo‘limda biz nima qilish kerak bo‘lsa, hammasini amalga oshirdik. Vaziyatlar yaratdik. Ammo raqib 11 kishi bo‘lib himoyalanganda bu ishni uddalash qiyin. Keyingi bosqichga chiqish qiyin bo‘lishini yaxshi bilardik.

Har bitta o‘yinni tahlil qilib chiqishim kerak. Agar statistikaga qaraydigan bo‘lsak, biz premer-ligada eng yaxshi jamoamiz. Ketma-ket uchta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchradik, ammo fakt shuki, biz APL turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqdamiz va bu kuchimiz qanday ekanini ko‘rsatib turibdi.

Biz juda kuchli jamoaga qarshi o‘ynadik. «Barselona»ga qarang! Bu favqulodda o‘ziga xos turnir. «Enfild»da ikkinchi bo‘limda yaxshiroq o‘ynagan bo‘lsak-da, vaziyatlar yarata olmagandik, uyda esa birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadik. Ammo bizga qarshi alohida bir jamoa o‘ynadi.

Hakamlik? Eng kerakli vaqtda biz to‘g‘ri qarorga ega bo‘lmadik. Referi – o‘ziga xos yigit, unga e'tiborda bo‘lish yoqadi. Har doim, odamlar aniq holatni ko‘rib turishganida u qarama-qarshi qarorlar chiqardi.

Butun mavsum davomida yuqori temp va o‘ta kuchli futbolni namoyish etib bo‘lmaydi. Balki, kelgusida biz uchun nima yaxshi ekanini to‘liq tushunib yetarmiz. Ammo hozir men o‘z futbolchilarimni chin ko‘ngildan olqishlamoqchiman», – deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi UYeFA rasmiy sayti.

Mavzuga oid