Ota o‘g‘lining hayotini saqlab qolish uchun 51 kilogrammga ozdi
Angliyaning Lostok Xoll shahrida yashovchi 61 yoshli Barri Stouks bir vaqt muqaddam 127 kg kelardi. Shifokorlar u bunday vazn bilan o‘z o‘g‘liga donorlik qila olmasligini aytishgandan keyin u ozishga qaror qilgan.
Barrining o‘g‘li o‘smir bo‘lganda unda saratonning kam uchraydigan turi aniqlangan. O‘smirga yashashiga yana bir necha oygina qolgani aytilgan. O‘smirning bunday shum xabardan ado bo‘lgan oilasining belgilangan davolanish natija berishini kutishdan boshqa ilojisi bo‘lmagan. Va mo‘'jiza yuz bergan – Alan haqiqatan o‘zini yaxshi his qila boshlagan. Biroq ko‘plab kimyoviy terapiyadan keyin Alanning buyragida muammolar yuzaga kelgan.
Hozirda Alan ancha ulg‘ayib, Manchester universitetida sun'iy ong sohasida doktorlik darajasini olish bilan mashg‘ul. Va saratondan davolanishni davom ettirmoqda. Shifokorlarnng aytishicha, yaqin orada unga donorlik buyragi kerak bo‘lishi mumkin. Ta'kidlanishicha, bunda maqbul buyrakni unga yaqinlaridan biri, ko‘proq otasi berishi mumkinligi aytilgan.
Barri o‘ylab ham o‘tirmay operatsiyaga rozi bo‘lgan, biroq ortiqcha vazni sababli donorlik qila olmasdi. Shunda ota o‘g‘lining hayotini saqlab qolish uchun ozishga qaror qildi. U o‘ziga shaxsiy murabbiy yollab, faol ravishda mashq qila boshladi.
“Agar o‘g‘lim bilan biror kor-hol yuz berganda, men unga yordam bera olmaganimda, bundan keyin yashay olmasdim”, deydi Barri Stouks.
Erkakning aytishicha, uni qo‘yilgan maqsadga erishishida rafiqasi va qizi qo‘llab-quvvatlashgan. Natijada Barri 51 kg ozishga muvaffaq bo‘ldi va hozir vazni 76 kg ni tashkil qilmoqda. Bu esa endi u dunyodagi eng qadrdon odamlaridan biri – o‘g‘liga buyragini bera olishini anglatadi.
“Rafiqam va qizim men bilan birga bunga erisha oldilar va demak, biz g‘alaba qildik”, deb aytmoqda jonkuyar ota.
Mavzuga oid
20:02 / 18.11.2024
Angliyaga pul evaziga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
12:00 / 09.10.2024
Ulkan baqlajondan uzun loviyagacha. Angliyalik pensioner gigant sabzavotlar yetishtirish bo‘yicha 25 marta rekord o‘rnatdi
20:46 / 14.09.2024
Angliyadagi maktablarda telefondan foydalanish taqiqlanmoqda
08:58 / 22.08.2024