«Azia Avto» O‘zbekistonga avtomobillar yetkazib berishi mumkin
Qozog‘istonning «Azia Avto» avtomobil yig‘ish zavodi 2019 yilda O‘zbekistonga avtomobillar yetkazib berishni boshlash niyatida. Bu haqda kompaniya prezidenti Yerik Sagimbayev Forbes.kz nashriga xabar qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya shu paytga qadar O‘zbekistonga bir necha marta avtomobillar yetkazib bergan.
«Biz Qirg‘iziston va O‘zbekistonga bir necha marta avtomobillar yetkazib bergandik. Biroq hozircha ularni jiddiy hajm sifatida qabul qilish mumkin emas, sababi bu sinov tariqasida ro‘y bergandi. Biz shu tariqa bozor va dilerni tekshirmoqdamiz», - deya aytib o‘tdi Sagimbayev.
Uning ta'kidlashicha, tarif va notarif to‘siqlar bor. Birinchi tur (bojlar, aksizlar) kompaniyaga yaxshi tanish, biroq notariflarini (texnik tartibga solish, ma'muriy to‘siqlar) avtomobilni olib kelmay turib, tushunish imkonsiz. Kompaniya shuning uchun ham bir martalik tarzda avtomobillarni yetkazib bermoqda, bunda bozorga chiqqanda nimalarga to‘qnash kelinishi mumkin ekani oydinlashadi.
Sagimbayevning qayd etishicha, agarda Qirg‘izistonda texnik tartibga solish xuddi Qozog‘istondagi kabi bo‘lsa, u holda O‘zbekistonda - terra incognita («notanish yer»), hamda sertifikatsiya masalasi – eng og‘ir va uzoq muddatli jarayonlardan.
«Joriy yilda biz O‘zbekistonda sertifikatsiya uchun bitta modelni yetkazib bermoqchimiz. Shu tariqa kelasi yilda bu bozorga avtomobillarimiz bemalol yetkazib berilishi mumkin bo‘ladi», - dedi Sagimbayev.
Mavzuga oid
22:16 / 27.09.2024
To‘qayev korteji marshrutidan o‘q otish qurollari topildi
20:17 / 27.09.2024
Qozog‘istonda o‘zining ichki organlarini qariyb 19 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
14:00 / 27.09.2024
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasini demarkatsiya qilish shartnomasi BMTga topshirildi
19:18 / 25.09.2024