GM Uzbekistan tashabbusi bilan hindistonlik shifokorlar Andijon va Toshkent aholisini bepul ko‘rikdan o‘tkazdi

Foto: GM Uzbekistan axborot xizmati
GM Uzbekistan AJ tashabbusi bilan Andijon viloyatining Bo‘z va Qo‘rg‘ontepa tumanlari hamda Toshkent shahrida hindistonlik mutaxassislarning bepul tibbiy ko‘rigi tashkillashtirildi. Bu haqda GM Uzbekistan jamoatchilik bilan aloqalar xizmati xabar bermoqda.
To‘rt kun davomida Hindistonning yetakchi SARVODAYA gospitali shifokorlaridan iborat onkolog, kardiolog va nefrolog Andijon va Toshkent aholisini bepul ko‘rikdan o‘tkazishdi va o‘z maslahatlarini berishdi.
Ko‘rik GM Uzbekistan kompaniyasi tomonidan o‘tgan yilning noyabr oyida qurib topshirilgan, eng so‘nggi texnologiyalar bilan qayta jihozlangan Clinic Pro diagnostika markazlarida tashkil etildi. To‘rt kun davomida shifokorlar Qo‘rg‘ontepada 130 nafar, Bo‘zda – 85 hamda Toshkent shahrida 200 nafar bemorni ko‘rikdan o‘tkazishdi.
Ko‘rik natijalariga ko‘ra bemorlarga tavsiyalar berildi, davolash sxemalari qayta ko‘rib chiqildi, bemorlarning davolovchi shifokorlari bilan maslahatlashuvlar olib borildi.
Mazkur tashrif GM Uzbekistan tashabbusi bilan tashkillashtirilayotgan xorijiy mutaxassislar ishtirokidagi uchinchi bepul ko‘rik sanaladi.
Tashrif yakunida tomonlar doimiy ravishda Clinic Pro hamda SARVODAYA gospitali o‘rtasida tajriba almashishga, hind shifokorlari ishtirokida bemorlarga jarrohlik amaliyotlari o‘tkazishga kelishib olishdi.
GM Uzbekistan AJ ijtimoiy-mas'ul biznes sub'yekti sifatida kelgusida ham xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda aholining salomatligini yaxshilash yo‘lidagi harakatlarini davom ettiradi.
SARVODAYA gospitali 1997 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Hindistonning eng yetakchi tibbiyot muassasalaridan biri sanaladi. Bugungi kunda mazkur muassasa kardiologiya, yurak-torrakal hamda qon-tomir jarrohligi, saratonni davolash, nevrologiya, urologiya, gastroenterologiya sohalarida o‘z xizmatlarini ko‘rsatadigan eng yaxshi markazlardan biri sanaladi. Klinika xalqaro darajadagi infratuzilmaga ega tibbiyot muassasalaridan biridir.
Mavzuga oid

16:55
Poytaxtning Qorasaroy ko‘chasida daraxtlar ko‘chirilmoqda. Agrotexnik talablar buzilgan

14:09
Toshkentning Qorasaroy ko‘chasida tunnel qurilishi boshlandi

18:19 / 07.04.2025
“Har biriga ming dollar” – Andijonda pul evaziga fuqarolarni Rossiya-Ukraina urushiga yollashga uringan taksichi qamaldi

22:34 / 05.04.2025