Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 23:22 / 12.04.2018
8829
1 daqiqa o‘qiladi
Putin va Erdo‘g‘an Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi
Foto: © RIA Novosti/Mixail Klimentev
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqot qildi. Kreml matbuot xizmati xabar berishicha, tomonlar Suriyadagi vaziyat keskinlashishi yuzasidan o‘z xavotirlarini bildirishgan.
«Duma shahrida kimyoviy gaz qo‘llangani haqidagi uydirmalardan keyin Suriyada yuzaga kelgan mavjud vaziyat yuzasidan tashvish bildirildi», deyilgan Kreml xabarida.
Putin va Erdo‘g‘an Suriyada barqarorlikka erishish bo‘yicha siyosiy jarayonni faollashtirish zarurligini yana bir bor ta'kidlashgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish