Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish bo‘yicha litsenziya berishda qator hujjatlarni taqdim etish bekor qilinadi
2018 yilning 1 iyunidan telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalash, qurish, ekspluatatsiya qilish va xizmat ko‘rsatish sohasida litsenziya berishda qator hujjatlarni taqdim etish bekor qilinadi. Bu "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek biznes yuritish sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonda belgilab qo‘yilgan.
Xususan, ariza beruvchidan quyidagilar hujjatlarni taqdim etish talabi bekor qilinadi:
yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tgani to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
loyiha, qurilish ishlarini bajarish uchun kerakli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar;
tegishli organlarning sanitariya, yong‘in xavfsizligi normalari talablariga muvofiqlik to‘g‘risidagi xulosasi;
loyihalash, telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish bo‘yicha mutaxassislardan oliy ma'lumot to‘g‘risidagi diplom va mehnat daftarchasi nusxasi.
Mavzuga oid
10:10 / 21.05.2025
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi amalga oshiriladi
12:02 / 16.05.2025
Umra litsenziyasi berilgan turfirmalar soni 2 taga ko‘paydi
14:06 / 03.05.2025
Jahon savdo tashkilotiga a’zolik yanada jadallashtiriladi
16:23 / 30.04.2025