Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya va NATO Suriyadagi ehtimoliy amaliyotda Injirlik bazasidan foydalanishni muhokama qiladi
Turkiya rahbariyati NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg bilan AQSh va uning ittifoqchilari Suriyada amaliyot boshlaydigan bo‘lsa, Injirlik aviabazasidan foydalanish masalasini muhokama etmoqchi. Bu haqda Turkiya TIV rasmiy vakili Hami Oqsoy ma'lum qildi.
"Suriyada harbiy harakatlar boshlanadigan bo‘lsa, Injirlik bazasidan foydalanish masalasi Yyens Stoltenbergning Anqaraga 16 aprel kuni amalga oshiradigan tashrifi davomida muhokama qilinadi", - deya aytib o‘tdi u.
NATO bosh kotibi 16 aprel kuni Turkiya poytaxtiga rasmiy tashrif bilan keladi, u yerda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, respublika QK Bosh shtabi boshlig‘i Xulusi Aqar, TIV rahbari Mavlud Chavusho‘g‘li va mudofaa vaziri Nuriddin Janikli bilan uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan. Kutilishicha, ularning muzokaralarida Turkiya va NATO o‘rtasidagi munosabatlar, terrorizm bilan kurash, “Zaytun novdasi” amaliyoti, 2018 yilning 11-12 iyul kunlari Bryusselda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan NATO sammitiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilinadi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
16:19 / 24.05.2025