Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva KQTTning Skripallar bo‘yicha hisobotidan «qiziq jihatlarni» e'lon qiladi
Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning aytishicha, Rossiya tomoni Kimyoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha tashkilot (KQTT) ekspertlarining GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlanishi bo‘yicha hisobotini o‘rganishda davom etyapti. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Biz hozirda hisobotni jiddiy o‘rganib chiqmoqdamiz, u yerda juda qiziq jihatlar bor», - deya aytib o‘tdi Lavrov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya yaqin vaqt ichida, rossiyalik ekspertlar hamda tegishli idoralar xodimlar hujjatni ko‘rib chiqqach, o‘sha qiziq jihatlarni e'lon qiladi. Uning ta'kidlashicha, KQTT kimyoviy modda o‘zgacha ekanini tasdiqlagan va yopiq qismda bu moddaning batafsil, uzun kimyoviy formulasi keltirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Novichok» zaharli moddasining yaratuvchilaridan biri sifatida e'tirof etiladigan kimyogar Vil Mirzayanov Kimyoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha tashkilot ekspertlari hisobotiga o‘z munosabatini bildirgandi.
Mavzuga oid
14:39 / 24.05.2025
Lavrov: Rossiya Vatikanda Ukraina bilan muzokara olib bormaydi
23:03 / 23.05.2025
Rossiya asirlar almashinuvi yakunlanishi bilan Ukrainaga o‘zining tinchlik shartlarini taqdim etadi - Lavrov
12:24 / 22.05.2025
Lavrov Yevropani AQShga sanksiyalarni kuchaytirish uchun bosim o‘tkazishda aybladi
21:28 / 30.04.2025