Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SpaceX qiymati yaqinda 25 mlrd dollarga yetadi
SpaceX kompaniyasining qiymati yaqin vaqt ichida taxminan 25 mlrd dollarga yetadi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, 5 aprel kuni SpaceX kompaniyasi, PitchBook Data tahlil firmasi ma'lumotlariga ko‘ra, taxminan 507 mln dollarga moliyalashtirishni jalb eta boshladi. Bu mablag‘lar hisobga olinganda, uning qiymati 25 mlrd dollarni tashkil etadi.
Agentlikning bildirishicha, SpaceX shu tariqa AQShda qiymat darajasi bo‘yicha startap kabi boshlangan, innovatsiyalarga asoslangan uchinchi kompaniyaga aylanadi. Birinchi ikkitasi – bu Uber va Airbnb.
PitchBook Data ma'lumotlariga ko‘ra, 2017 yilning noyabr oyida SpaceX qiymati 21 mlrd dollarga baholangan. SpaceX 2018 yilda hammasi bo‘lib taxminan 30ta parvozni rejalashtirgan. 2017 yilda bu kompaniya raketalari koinotga 18 marta uchirilgan.
Mavzuga oid
09:43 / 28.05.2025
SpaceX'ning Starship kemasi to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi
22:45 / 27.05.2025
Yevropada Tesla elektromobillari savdosi quladi
22:35 / 25.05.2025
SpaceX kompaniyasi Starship kemasi portlashiga nima sabab bo‘lganini e’lon qildi
22:00 / 24.05.2025