Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yana mudhish YTH: ikki kishi halok bo‘ldi va yana ikki shaxs jarohatlandi
Toshkent shahrining Bektemir tumanida fojiali yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, 11 aprel kuni soat 23.40larda, Sergeli tumani Quyi tolariq ko‘chasida yashovchi, “Avto Grant” MChJ haydovchisi, 1992 y.t. K.Q. o‘ziga biriktirilgan “Kobalt” rusumli avtomashinasini H.Boyqaro ko‘chasida haydab ketayotib boshqaruvni eplay olmay yo‘l chetidagi ariqqa tushib, daraxtga urilib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Natijada yo‘lovchilari, 1985 y.t. N.A. va 1991 y.t. S.H. olgan jarohatlaridan voqea joyida vafot etgan, shuningdek haydovchi K.Q. va yana bir yo‘lovchisi, 1996 y.t. Sh.T. kasalxonaga yotqizilgan.
Mavzuga oid
08:06 / 14.04.2025
Bektemirda yuk avtomashinasi piyodani urib yubordi
18:00 / 20.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Bektemirdagi yangi bog‘ga ko‘chat ekdi
07:40 / 06.01.2025
Bektemirdagi uylarning birida yong‘in sodir bo‘ldi
07:46 / 21.11.2024