Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgda vafot etgan fuqaroning jasadi O‘zbekistonga olib kelindi - FVV
Favqulodda vaziyatlar vazirligining tezkor raqamiga fuqaro S.Gaibova tomonidan kelini Yu.Sergeyevaning Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida vafot etganligi va uning jasadini O‘zbekiston Respublikasiga olib kelishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilingan, deb xabar bermoqda FVV axborot xizmati.
Ushbu holat yuzasidan tegishli vazirlik va idoralarga ma'lumot yetkazildi, Rossiya hamda O‘zbekiston hududlarida bir qator tadbirlar amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi hamda Toshkent viloyati hokimiyatining birgalikda amalga oshirgan tashkiliy tadbirlar natijasida marhumaning jasadi Rossiya federatsiyasidan olib kelindi.
14 aprel kuni 06:30 da «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi bortida marhuma Yu.Sergeyevaning jasadi Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahridan Toshkent shahriga olib kelindi.
Sog‘liqni saqlash vazirligining maxsus avtomashinasida jasad xalqaro aeroportdan Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumaniga, yaqin qarindoshlariga yetkazildi.
Dafn marosimlari mahalliy hokimiyat organlari bilan birgalikda tashkillashtirildi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
10:12 / 27.05.2025
Qamchiqda yuk mashinasi va Gentra xandaqqa tushib ketdi
21:32 / 19.05.2025
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi
17:00 / 03.05.2025
Norin daryosidagi orolchada qolib ketgan quruvchilar qutqarildi
16:35 / 06.04.2025