Jamiyat | 12:13 / 14.04.2018
28787
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyaga berilgan zarbalar oqibatida jabrlanganlar bor – OAV

Foto: SANA/Handout via REUTERS

AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiyaning Suriya hududiga berilgan raketa zarbalari natijasida uch kishi jabrlandi. Bu haqda Reuters Suriyaning SANA agentligiga asosan xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, Xoms viloyatidagi tadqiqot markaziga ham tashqi tomondan ziyon yetgan.

«Xomsdagi harbiy bazaga qarata uchirilgan raketalar tutib olindi va yo‘nalishdan chetlashtirildi, oddiy aholi vakillarining uch nafari jabrlandi», - deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, RIA «Novosti»’ning Suriya xavfsizlik organlaridagi manbaga asosan xabar berishicha, oddiy aholi vakillaridan olti nafari jabrlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Suriyaga zarbalar berish yakunlangani haqida ma'lum qilgandi. 

Mavzuga oid