O‘zbekiston | 00:00 / 14.04.2018
10032
1 daqiqa o‘qiladi

Vazirlar Mahkamasi departamentiga sho‘'ba mudirlari tayinlandi

Hukumatning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi axborot-tahlil departamentlarining sho‘'ba mudirlarini tayinlash to‘g‘risidagi qarori imzolandi.

Unga ko‘ra, Zafarjon O‘ktamovich Yadgarov Vazirlar Mahkamasi Tashqi savdo faoliyatini, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentining Meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishni muvofiqlashtirish masalalari sho‘'basi mudiri etib tayinlangan.

Jamshid Abdusalamovich Abdusalamov Vazirlar Mahkamasi Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari axborot-tahlil departamentining Xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik va xorijiy investitsiyalarni jalb etish sho‘'basi mudiri etib tayinlangan.

Mavzuga oid