Arab davlatlari ligasi bosh kotibi arab davlatlarini birdamlikka chaqirdi
Arab davlatlari tashqi sinovlarga qarshi kurashish sharoitlarida ularning birdamligini talab qiluvchi yagona pozitsiya ishlab chiqishlari kerak. Bunday chorlov bilan Arab davlatlari ligasi (ADL) bosh kotibi Ahmad Abu al-G‘ayt ADLning 29-sammiti ishtirokchilariga yuzlandi.
ADL bosh kotibining aytishicha, “asosiy mintaqaviy muammolar bo‘yicha yagona pozitsiya ishlab chiqish va milliy manfaatlarni himoya qilish” zarur. Uning aytishicha, “arab davlatlari qatorida birdamlikning yo‘qligi ularning ishlariga tashqi tomondan aralashuvlar kuchayganiga sabab bo‘lgan”.
“Biz Falastin prezidenti Mahmud Abbosni qat'iyatlik bilan qo‘llab-quvvatlashimiz va Isroil tomonidan rejalashtirilayotgan makkor rejalarga qarshi kurash uchun zarur bo‘lgan, falastinliklar atrofidagi uyushqoqligimizni ko‘rsatishimiz lozim”, deb aytgan Abu al-G‘ayt. U AQSh prezidenti Donald Trampning AQShning Isroildagi elchixonasini Al-Qudsga ko‘chirish qarorini kaltabinlik deb atagan.
Al-G‘ayt, shuningdek, Suriyada davom etayotgan ko‘p yillik inqiroz uchun javobgarlikni Damashq zimmasiga yuklagan va “tashqi harbiy aralashuv Suriyadagi mojaroni faqatgina chigallashtirishini” ta'kidlab o‘tgan.
ADLning 29-sammiti 15 aprelda Saudiya Arabistonining Dahron shahrida ochildi. Sammit kuchaytirilgan xavfsizlik choralari ostida bo‘lib o‘tmoqda.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
20:40 / 16.11.2024
HRW Isroilni G‘azo sektoridagi falastinliklarni majburan ko‘chirganlikda aybladi
09:20 / 16.11.2024
Yevropada yakkalanayotgan Isroil futboli
20:47 / 12.11.2024