Sport | 14:00 / 15.04.2018
20132
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Futbolchi gol urdi va tribunaga chiqib o‘ziga qarsak chaldi

Ruminiyaning «Germanshtadt» jamoasi hujumchisi Stefan Blanaru o‘zi kiritgan golni yarim bo‘sh bo‘lgan tribunada o‘zi chiqib nishonlashga qaror qildi. Mazkur vaziyat videosi tarmoqda tarqaldi

Gap shundaki, «Luchaferul Oradya» jamoasiga qarshi uchrashuvda Blanaru 80-daqiqada gol kiritdi. Shundan so‘ng u tribuna tomon yugurib, goliga muxlis sifatida qarsak chaldi.

U maydonga qaytgach, o‘yin hakami tomonidan ogohlantirildi.

Uchrashuv «Germanshtadt»ning 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.