Sayyoh Facebook'dagi haqoratomuz karikaturasi uchun 3 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi

Foto: Rossiya segodnya
BAAga tashrif buyurgan Hindiston fuqarosi Facebook ijtimoiy sahifasidagi Muhammad payg‘ambar (s.a.v.)ning haqoratomuz karikaturalari uchun uch oylik qamoq jazosiga hukm qilindi.
Karikatura 2017 yilning sentabrida 34 yoshli hindistonlik tomonidan joylangan. Facebook'dagi post haqida politsiyaga erkakning hamkasbi xabar qilgan.
Dekabr oyida Dubaydagi birinchi sud instansiyasi Hindiston fuqarosini islom dini va Muhammad payg‘ambar (s.a.v.)ni haqorat qilgani uchun 1,4 ming dollar miqdoridagi jarimaga tortgan edi.
Sudlanuvchi hukmni apelyatsiyaga berdi, biroq sud uning arzini qoniqtirmadi va uni xuddi shu miqdordagi jarima va 3 oylik qamoq jazosiga hukm qildi.
Jazo o‘talganidan so‘ng erkak Hindistonga deportatsiya qilinadi.
Mavzuga oid

22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi

18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi

11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi

03:00 / 08.05.2025