Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonida Arab davlatlari ligasi sammiti bo‘lib o‘tadi
15 aprelda Saudiya Arabistonining Dahron shahrida Suriyadagi vaziyatning keskinlashuvi ortida Arab davlatlari ligasi sammiti bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuvda qirollikka ADLga kiruvchi ko‘pchilik davlatlarning rahbarlari kelishi kutilmoqda. Uchrashuvda odatga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi eng dolzarb muammolar, jumladan Liviya, Yaman va Falastin hududlaridagi vaziyat muhokama qilinadigan asosiy mavzular bo‘ladi. Shuningdek, yig‘ilishda alohida e'tibor Suriyaga AQSh, Britaniya va Fransiya qurolli kuchlarining zarbasidan keyingi vaziyatga qaratiladi.
Arab davlatlari o‘rtasida ushbu hujum borasida fikrlar keskin farqlangan: zarbalar berilishini Qatar, Saudiya Arabistoni hamda Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashining boshqa a'zolari qo‘llab-quvvatlagan. Livan, Jazoir va Iroq esa bu hujumlarga qarshi chiqqan.
Suriyadagi vaziyatning keskinlashuvi yuzasidan ADL bosh kotibi Ahmad Abul G‘ayt tashvish bildirgan. Uning aytishicha, vaziyatning yomonlashuviga Suriyadagi mojaroga aloqador davlatlar javobgardir.
Arab davlatlari ligasi 22 ta davlatni birlashtiradi, uning bosh qarorgohi Qohirada joylashgan.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025