Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Haagada KQTTning Suriya bo‘yicha yig‘ilishi boshlandi
Dushanba kuni Haaga shahrida Kimyoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha tashkilot (KQTT) Ijroiya kengashining 58-yig‘ilishi boshlandi. Kengash a'zolari «Suriya Arab Respublikasida kimyoviy qurol ishlatilgani»ni muhokama qilishadi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Avvalroq, Rossiyaning KQTTdagi delegatsiyasi vakili hozircha kun tartibida hech qanday o‘zgarish yo‘qligi, kutilishicha, yig‘ilish kechgacha davom etishi, kechki payt esa Niderlandiyadagi Rossiya elchixonasida matbuot anjumani bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergandi, deb yozmoqda agentlik. Jurnalistlar tashkilotining bosh qarorgohi binosiga kiritilmayapti, uchrashuv matbuot uchun yopiq rejimda o‘tkazilmoqda.
KQTT tarkibiga 190 davlat kiradi. Kengash tashkilotning ijroiya organi bo‘lib, 41 nafar ishtirokchidan iboratdir, ular ikki yil muddatga KQTT konferensiyasida saylanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniya bosh vaziri Tereza Mey BMT Xavfsizlik Kengashida Rossiya tomonining Suriya bo‘yicha rezolyutsiyaga nisbatan vetosi mamlakat hududida yuz bergan kimyoviy hujumlarni surishtiruvdan o‘tkazishni bloklashga qaratilgan urinish ekani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025