Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada Gagarin mashq qilgan barokamerani o‘g‘irlab ketishdi
Moskva shahri huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari Stroginodagi qo‘riqlanadigan turargohdan Kosmonavtika muzeyi eksponati – Yuriy Gagarin mashg‘ulotlar o‘tkazgan barokamerani o‘marib ketgan noma'lum shaxslarni izlamoqda. Bu haqda «Moskva» yangiliklar agentligi manbaga asosan xabar berdi.
«Politsiyaga arizachi murojaat qildi, u Kosmonavtika muzeyida parvozlarga tayyorgarlik ko‘rish sohasi eksperti sifatida ishlashini aytdi. Uning bildirishicha, Stroginodagi 1-Likovskaya ko‘chasida joylashgan turargohda muzey eksponati yo‘q ekanini aniqlagan. Ushbu holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Yetkazilgan zarar miqdori 300 ming rublni tashkil etgan», - deya aytib o‘tdi manba.
Gap «Surdobarokamera 48» (SBK-48) haqida ketmoqda, u parvoz tarkibini baland masofalarda sinovdan o‘tkazish va turli tadqiqotlarni amalga oshirishga mo‘ljallangan. Gagarin unda 1960 yilning 26 iyulidan 5 avgustiga qadar shug‘ullangan.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
19:49 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi
14:35 / 08.05.2025