Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp kongressga Suriyadagi zarbalar bo‘yicha hisobot berdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyaga berilgan zarbalardan so‘ng Qo‘shma Shtatlar kongressida mamlakat manfaatlari himoyasi uchun konstitutsiyaga muvofiq harakat qilganini aytdi. Bu haqda Trampning kongressga xatida aytiladi, u Oq uy tomonidan tarqatildi.
Hujjat matniga ko‘ra, harbiy amaliyot maqsadi suriyalik harbiylarning kimyoviy quroldan foydalangan holda amalga oshiriluvchi hujumlarini kamaytirish, shuningdek, uning mamlakat hukumati tomonidan qo‘llanilishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat bo‘lgan.
«Men tashqi amaliyotlarni o‘tkazish va Qo‘shma Shtatlar milliy xavfsizligi hamda tashqi siyosatining hayotiy muhim manfaatlarini oliy bosh qo‘mondon sifatida himoya qilish bo‘yicha konstitutsiyaviy vakolatlarimga muvofiq harakat qildim», - deya ma'lum qilgan Tramp.
Shuningdek uning qo‘shimcha qilishicha, AQShning muhim milliy manfaatlari uchun, kerak bo‘lgan paytda, qo‘shimcha harakatlar ham amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Suriyadagi Rossiya obektlariga zarba berish imkoniyatini ko‘rib chiqqani haqida xabarlar tarqalgandi.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025