Jahon | 22:48 / 17.04.2018
12779
2 daqiqa o‘qiladi

Yevroparlamentda Suriyaga zarba berilishini tanqid qilgan deputat olqishlandi

Foto: RIA Novosti / Aleksey Vitvitskiy

Yevroparlamentda Yevropa ittifoqi diplomatiyasi Federika Mogerini boshchiligida o‘tgan debatlarda Suriyaga zarba berilishini tanqid qilgan fransiyalik deputat Bryuno Golnishning kimyoviy hujum videosining haqiqiyligi va bu hujumga biror-bir isbot borligi haqidagi savollari olqishlar bilan kutib olindi.   

“Bu aralashuv javoblardan ko‘ra ko‘proq savollar tug‘diradi. Birinchi savol, nima uchun Sharqiy G‘utadagi hudud jangarilar qo‘lida bo‘lgani, aynan ular tinch aholini asirda ushlab turgani va Damashq markazi va nasroniy kvartalga muntazam raketa otgani bizdan yashirildi?”, deb savol bilan yuzlandi Golnish Strasburgdagi debatlarda.

“Ikkinchi savol: butun dunyoni junbishga keltirgan va Fransiya prezidentida bunday g‘azabni uyg‘otgan videoyozuv – u qachon suratga olingan, kim, qayerda suratga olgan,  kim uni bergan?”, deb davom ettirdi Golnish.

Deputat o‘z nutqida “Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkiloti kimyoviy hujum bo‘lgani haqida ma'lumotlar bermagan bo‘lsa-da, nima uchun kimyoviy hujum bo‘lgani haqida xulosa chiqarilgan?” degan savol bilan yuzlandi. 

“Bashar Asad bu hududda shundoq ham g‘alabaga erishayotgan va dushmanlarining chiqib ketishi uchun yo‘lak tashkil etilgan bir vaqtda, kimyoviy hujum qo‘llashidan qanday ma'no bor? Yana boshqa ko‘plab savollar ham bor”, deb o‘z so‘zlariniya yakunlagan Golnish. Shundan keyin zalda qisqa olqishlar yangragan.

G‘arb Suriyaning Duma shahrida kimyoviy hujum sodir etilishida rasmiy Damashqni ayblab kelmoqda. Biroq Moskva va Damashq 7 aprelda Dumada hech qanday kimyoviy hujum bo‘lmagan va voqealar sahnalashtirilgan, deb hisoblamoqda.  

Mavzuga oid