Jamiyat | 18:52 / 17.04.2018
9106
2 daqiqa o‘qiladi

Xushxabar: Sarvarjon davolanish uchun Moskvaga uchib ketdi

Esingizda bo‘lsa, kun.uz saytimiz orqali har 3 oyda bir jarrohlik amaliyoti o‘tkazadigan Sarvarjon haqida xayriya aksiyasini e'lon qilgan edik.


Sarvarjonga jiddiy tibbiy tekshiruvlardan so‘ng, «papilloma» tashxisi qo‘yilgan edi. Bunda tomoqda, hiqildoq qismida o‘simta o‘sadi. Bir yilda 3 martagacha jarrohlik amaliyoti o‘tkazilib kelingan edi. Mutaxassis maslahati bilan voyaga yetguncha uning tomog‘idagi o‘simtaning o‘sishini kechiktiradigan davolanish zarurligi aytilgan edi. Xorijda o‘tkaziladigan jarrohlik amaliyoti uchun yaxshi insonlar qilgan ehsonlari tufayli oradan bir oy o‘tib yetarli mablag‘ to‘plandi. Alloh ulardan rozi bo‘lsin. Sarvarjon Moskvaga davolanish uchun onasi bilan uchib ketdi. Duoda bo‘laylik. Alloh shifo bersin.

«Barchangizga rahmat! Bizga qilgan ehsonlaringiz Allohdan qaytsin. Ajrini bersin. Xudo xohlasa biz davolanib dardimizni Moskvaga tashlab kelamiz. Ming bor rahmat»-deb ona-bola Rossiya federatsiyasiga uchib ketdilar.

Azizlar, qo‘llarimizni duoga ochib Sarvarbekning jarrohlik amaliyoti yaxshi o‘tishini Yaratgandan so‘raylik.

Mavzuga oid