Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Internet tezligi 8 - 10 baravargacha oshirilishi kutilmoqda
O‘zbekistonda Internet tezligini 8 - 10 baravargacha oshirish rejalashtirilmoqda. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri Azim Ahmadxo‘jayev vazirlik saytiga joylashtirilgan intervyuda shu haqida ma'lum qildi.
"Telekommunikatsiyalarning magistral tarmoqlarini kengaytirish joriy yildagi eng yirik vazifalarimizdan biridir va biz uni to‘liq hajmda amalga oshirishni rejalashtiryapmiz. Internet tezligini 8 - 10 baravargacha oshirish ko‘zda tutilgan. Shu munosabat bilan fevral oyining boshidan bu yo‘nalishdagi ishlarni faollashtirdik. Turli mamlakatlardan mazkur yo‘nalishda faoliyat olib boruvchi qator xorijiy mutaxassislarni jalb qilishga muvaffaq bo‘ldik", - deydi Ahmadxo‘jayev.
Ahmadxo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, hozirda O‘zbekistonda Internet imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha 20 dan ziyod yuqori malakali xorijlik mutaxassis ish olib bormoqda. Bundan tashqari, axborot-kommunikatsion texnologiyalar rivoji, shu jumladan respublika pochtasini rivojlantirish bo‘yicha yana 15 nafar chet ellik mutaxassis faoliyat olib bormoqda.
Mavzuga oid
11:20 / 14.05.2025
Internetda bolalar himoyasi: Buni ta’minlashning imkoni bormi?
14:35 / 08.05.2025
Moskvada yashovchilar banklar, do‘konlar va taksilar ishida uzilishlarga duch kelmoqda
14:45 / 06.05.2025
Moskvada 9 maygacha internetga kirish cheklanishi mumkin
17:14 / 12.04.2025