Almashtirilganidan norozi bo‘lgan futbolchi murabbiyga tashlandi (video)

Foto: Videodan kadr
Boliviya chempionati doirasidagi «Sport Boyz» — «Nasonal Potosi» uchrashuvida (4:0) mehmonlar futbolchisi va klub murabbiyi o‘rtasida ziddiyat yuz berdi.
«Nasonal Potosi» yarim himoyachisi Tyago dos Santos 34-daqiqada, hisob 0:0 bo‘lib turgan paytda almashtirildi. Bunday erta almashtirilganidan jahli chiqqan braziliyalik 33 yoshli futbolchi o‘z jamoasi bosh murabbiyi Edgaro Malvestitiga hujum qilib, uni qo‘llari bilan itarib tashladi. Yakunda qizil kartochka olgan Dos Santosni faqat jamoaning qolgan o‘yinchilari yordamida tinchlantirishgan.
Mavzuga oid

17:29 / 26.01.2025
«U «Siti»da ham o‘rnini topa oladi» - Husanovning bolalikdagi murabbiyi bilan suhbat

16:19 / 12.10.2024
Futbolda murabbiy nimaga kerak? Eronga qarshi futbol o‘ynamaganimiz haqida

16:57 / 29.05.2024
«Barselona» yangi bosh murabbiyini e’lon qildi

15:45 / 11.05.2023